Joriy yilning 2-mart kuni Oʻquvchilarni kasb-hunarga yoʻnaltirish va psixologik-pedagogik respublika tashxis markazining 2023-yil uchun moʻljallangan ish rejasida inklyuziv sharoitda taʼlim olayotgan alohida taʼlim ehtiyojlari boʻlgan bolalarning ota-onalari uchun “Inklyuziv taʻlimda zaif koʻruvchi va zaif eshituvchi oʻquvchilarni ota-onalari ishtirokida birga darslarga qatnashish” mavzusida oʻquv seminar onlayn tarzda oʻtkazildi.
Tizimda uchrayotgan muammolar yuzasidan Maktabgacha va maktab taʻlimi vazirligi Bolalarni ijtimoiy himoyalash va qoʻllab-quvvatlash boshqarmasi boshligʻi oʻrinbosari R.Toʻrayev atroflicha ma’lumotlar berib o‘tdi.
Oʻquv-seminar davomida alohida taʼlim ehtiyojlari boʻlgan bolalarning ota-onalariga inklyuziv taʻlim haqida tushuncha va tavsiyalar berish, farzandini maktabga tez moslashishida (adaptatsiya) ularning oʻrni katta ahamiyatga ega ekanligi haqida tushunchalar berildi.
Oʻquv seminarda tinglovchilar tomonidan berilgan savollarga atroflicha javoblar berildi.