O‘quvchilarni kasb-hunarga yo‘naltirish va psixologik-pedagogik respublika tashxis markazi tomonidan tasdiqlangan “2022-2023 o‘quv yilida o‘tkaziladigan o‘quv-seminarlar jadvali” asosida umumta’lim muassasalari qoshida tashkil etilgan logopediya shoxobchalarida faoliyat ko‘rsatayotgan o‘qituvchi-logopedlar uchun 2023-yil 3-mart kuni onlayn tarzda o‘quv-seminar tashkil etildi.
O‘quv seminarda Namangan viloyati, Namangan shahridagi 15-maktabning o‘qituvchi-logopedi M.Vaxabova “Logoritmika mashqlarini o‘tkazish” mavzusidagi ma’ruzasi bilan ishtirok etdi va o‘qituvchi-logopedlar uchun mavzuga oid amaliy mashg‘ulotdan lavhalar namoyish etildi.
O‘quv-seminarda Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti professori, pedagogika fanlari doktori M.Yu.Ayupova va 580 nafar o‘qituvchi-logopedlar ishtirok etdilar.
O‘quv seminar yakunida pedagoglar soha yuzasidan o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javob oldilar.