Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Yoshlarga oid davlat siyosati samaradorligini oshirish hamda oʻquvchi – yoshlarni kasbga yoʻnaltirish, ularning qiziqishlarini qoʻllab-quvvatlash maqsadida Namangan viloyati bojxona boshqarmasi bilan hamkorlikda “Namangan xalqaro aeroporti” MJCHda “Yoshlar – kelajak bunyodkori” shiori ostida navbatdagi ochiq eshiklar kuni — tanishtiruv saboqlari tashkil etildi.
Ochiq eshiklar kunining bu galgi mehmoni Davlatobod tumani 91-sonli maktabning 9 va 10 sinf oʼquvchilari boʻlishdi.
Ular aeroportda yaratilgan shart-sharoitlar, qulayliklar va imkoniyatlari shuningdek havo kemasining parvozi bilan yaqindan tanishishdi. Oʻquvchilar sayohat davomida oʻzlarini qiziqtirgan savollariga mutaxassislardan javoblar olishdi.
Tadbir yoshlar qalbida shu sohaga nisbatan mehr-muhabbat uygʻotdi desak mubolagʻa qilmagan boʼlamiz
Manba:@namanganairport Namangan xalqaro aeroporti matbuot xizmati