Yangiliklar

Katta hayot sari bir qadam

Bugun Namangan viloyati Davlatobod tuman XTBga qarashli 58-sonli davlat ixtisoslashtirilgan umumtaʼlim maktabida Malayziyaning “Xiamen University Malaysia (XMUM)” universiteti vakillari bilan tumandagi umumtaʼlim maktablari bitiruvchilari ishtirokida targʻibot tadbiri boʻlib oʻtdi.

Tadbirda Xiamen universiteti vakili janob Si Von “Xiamen University Malaysia (XMUM)” universitetda yaratilgan shart-sharoitlar, taʼlim olish shartlari toʻgʻrisida ishtirokchilarga batafsil maʼlumotlar berildi.

Oʻquvchilar oʻzlarini qiziqtirgan savollarga vakillar tomonidan javoblar olishdi.

Manba:Davlatobod tuman XTB 58-sonli DIUM Axborot xizmati

;