Yangiliklar

Maktablarda kasb-hunarga yoʻnaltirish ishlari faol tarzda olib borilmoqda

Mamlakatimizda yoshlarni kasb-hunarga yoʻnaltirish va yetuk mutaxassis sifatida shakllantirish masalalariga barkamol shaxsni tarbiyalashning muhim omili sifatida katta eʼtibor qaratib kelinmoqda.

Jizzax viloyati Arnasoy tumani XTBga qarashli 20-sonli umumtaʼlim maktabida Fevral oyi "Kommunal xizmat koʻrsatish sohasi kasblari" oyligi munosabati bilan tumanda joylashgan "UzSuv Taminot" korxonasiga sayohat  tashkil etildi. Bu jarayonda maktab kasb-hunarga yoʻnaltiruvchi psixologi D.Mamatova tomonidan oʻquvchilarga tushuntirishlar berildi.Ushbu soha vakillari tomonidan  davra suhbati oʻtkazildi.

;