Yangiliklar

Oʻquvchilarni kasb hayotiga tayyorlashda amalga oshirilayotgan ishlar

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-yanvardagi «2022-2026-yillarga moʻljallangan Yangi Oʻzbekistonning taraqqiyot strategiyasi toʻgʻrisida»gi Farmonida maktab oʻquvchilarini kasbga yoʻnaltirish, taʼlim muassasalarida bepul toʻgaraklar faoliyatini yoʻlga qoʻyish boʻyicha zarur topshiriqlar belgilangan.

Shu munosabat bilan Andijon viloyati Marhamat tumani xalq taʼlimi boʻlimi tizimidagi taʼlim muassasalarda kasbga oʻrgatish tizimi yoʻlga qoʻyilmoqda.

 Namuna sifatida tumandagi 14-umumiy oʻrta taʼlim maktabida oʻquvchilar uchun sartaroshlik, tikuvchilik, toʻqimachilik, non mahsulotlari va plastik  deraza-romlarini ishlab chiqarish kasblarini oʻquvchilarga oʻrgatish boʻyicha bir qancha ishlar amalga oshirilmoqda.Maktabda tashkil etilgan ishlarni namoyish etish va ommalashtirish maqsadida bugun "Umum taʼlim maktabining 10-11-sinf oʻquvchilarini  xorijiy til va kasb-hunarga yoʻnaltirish" mavzusida tumandagi maktab direktorlari, psixologlari uchun koʻrgazmali seminar tashkil etildi. Seminarga tuman hokimi Boburjon Yuldashevning tashrifi maktab jamoasida boshlangan ishlariga ishonch va qatʼiyat bagʻishladi.

;