Fargʼona Viloyat 4-kimyo va biologiya fanlariga ixtisoslashtirilgan davlat umumtaʼlim maktab-internatida "Farzandimga mehrim boshqacha..." deb nomlangan trening mashgʻuloti tashkil qilindi.
Treningda 8-sinf oʻquvchilarining ota-onalari bilan munosabatlarini yanada yaxshilash, oilada ijobiy psixologik muhit yaratish, farzandlarining yutuqlarini ota-onalarga namoyish qilish, doimiy mehr ulashishga koʻnikma hosil qilish, turli xildagi zoʻravonlik, huquqbuzarlik hamda jinoyatchilikni oldini olish maqsadida tashkil etildi.
Manba:Fargʻona viloyati xalq taʼlimi boshqarmasi axborot xizmati.