“Oila-mahalla -taʼlim muassasasi” hamkorligini hamda oʻquvchilarni kasb-hunarga yoʻnaltirishni mustahkamlash maqsadida Namangan viloyati Uychi tumani 2-sektor hududidagi 29-umumtaʼlim maktabida tashkil etilgan tadbirda “ustoz-shogird” yoʻnalishida amalga oshirilayotgan ishlar, oʻquvchilarning chet tillarni oʻrganishi, boʻsh vaqtlarini mazmunli oʻtkazishi boʻyicha tajribalar ommalashtirildi.
Ushbu tadbirda viloyat hokimining oʻrinbosari Dinara Yakubova, Uychi tuman hokimi Shuhrat Musayev hamda sektor rahbarlari ishtirok etib, bitiruvchi yoshlarni kasbga, qizlarni turmushga tayyorlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdilar va zaruriy tavsiyalar berdilar.
Tadbirda 7-sinf oʻquvchilari ishtirokidagi osh tayyorlash musobaqasi tadbir ishtirokchilari va tadbir mehmonlariga birdek manzur boʻldi.
Manba: @uychi hokimligi