Kasb-hunarga yo‘naltirishdan maqsad o‘sib kelayotgan yosh avlodni ongli ravishda kasb tanlashga tayyorlashdir. Ularni kasb hunarga yo‘naltirish orqali, bo‘lajak kasbiy qarorlarni shakillantirish, kasbni erkin va mustaqil tanlashlari uchun kasb-hunarga yo‘naltirish ishlariga mustahkam zamin yaratuvchi ilmiy - amaliy tizim sifatida qarash lozim.
Toshkent viloyati Chirchiq shahar 21-umumta'lim maktabining 11-sinf o'quvchilaridan so'rovnoma olinib , so’rovnoma natijasiga ko'ra o'quvchilar kasb-hunarga yo'naltirildi.
Qandolat yo'nalishi bo'yicha "Jasmin shirinliklar" sexida qandolatchi Saodat Shavkatovna o'quvchilarga pishiriqlar tayyorlash bo’yicha o‘zining amaliy ko‘nikmalarini bo’lishib kelmoqda.