Yangiliklar

Maktab oʻquvchilari uchun darsdan boʻsh vaqtlarida hunar oʻrganish imkoniyati yaratildi

Joriy yilning 2-mart kuni Buxoro viloyati Davlatobod tumani xalq taʼlimi boʻlimiga qarashli 58-sonli DIUM hamda "TEXTILE PRO GROUP" MCHJ oʻrtasida tuzilgan hamkorlik memorandumiga asosan tikuvchilik kasbiga qiziqqan 9-sinf  oʻquvchilari  dars mashgʻulotlaridan keyin hunar sirlarini oʻrganish maqsadida korxonaga bordilar.

Korxonada oʻquvchilar kasb sirlarini nazariy oʻrganish bilan birgalikda amalda ham sinab koʻrdilar.

Tuzilgan hamkorlik memorandumiga koʻra oʻquvchilar  dars mashgʻulotlaridan soʻng qiziqqan sohalari boʻyicha kasb sirlarini oʻrganish imkoniyatiga ega boʻlmoqdalar.

;