Bugungi kunda o‘quvchilarni kasbiy mahoratini oshirish pedagogik faoliyatning ajralmas qismi hisoblanadi. O‘quvchilarni o‘z vaqtida kasbga yo‘naltirish ularning hayotdagi o‘rnini yaxshiroq egallashida asosiy omildir. Bu faoliyat davomida zamonaviy pedagogik texnologiyalardan foydalanish yetuk mutaxassislarni yetishib chiqishida muhim ahamiyat kasb etadi.
Namangan viloyati Yangiqoʻrgʻon tumanidagi 64-sonli umumtaʼlim maktabida "Kasb tanla-xunar tanla" mavzusida seminar boʻlib oʻtdi.
Seminar davomida turli yoʻnalishlardagi kasb-hunar boʻyicha koʻrgazmalar, amaliy mashgʻulotlar va kayfiyatni koʻtaruvchi trening mashgʻulotlari namoyish etildi.