Yangiliklar

Qorakoʻllik oʻquvchi oʻrgangan hunari orqali oilasiga qoʻshimcha daromad keltirmoqda

 

Joriy yilning 20-yanvar kuni Prezidentimiz rahbarligida maktablar faoliyati boʻyicha yigʻilish oʻtkazilib, maktab oʻquvchilarini kamida ikkita xorijiy til va bitta kasb-hunarga oʻrgatish ustuvor vazifa etib belgilangan edi.

Bu borada Qorakoʻl tumanidagi umumtaʼlim maktablarida ham bir qator ijobiy ishlar amalga oshirilmoqda.

Xususan, "Shoʻrrabod" mahallasida yashovchi Madina Rustamova maktab davridayoq rang barang toshlar bilan bezatilgan taqinchoqlar (diadema) yasash orqali oilasi uchun yaxshigina daromad topmoqda.

Madinaning bir kunda ishlab topadigan foydasi oʻrtacha 50 mingni, baʼzan esa 70 mingni ham tashkil etadi.

Madina onasidan oʻrgangan sevimli hunarini bugungi kunda 8 nafar tengdoshlariga ham oʻrgatib keladi.

— "Kelajakdagi orzuim ushbu sohaning yetuk mutaxassisi boʻlish, yaxshi ijod namunalari ustida ishlab, oʻz kolleksiyamni yaratish" – deydi Madina.

;