Yangiliklar

"Bolalarga nisbatan zo'ravonlik holatlarining oldini olish va ularga qarshi kurashish bo'yicha ta'lim muassasalari hodimlarining vazifalari" mavzusida amaliy seminar trening bo'lib o'tdi.

Farg'ona viloyati Toshloq tumanidagi maktab psixologlari uchun joriy yilning 1-mart kuni "Bolalarga nisbatan zo'ravonlik holatlarining  oldini  olish va ularga qarshi kurashish bo'yicha ta'lim muassasalari  hodimlarining  vazifalari"  mavzusida  amaliy seminar trening  bo'lib o'tdi.                                                  

Seminar treningdan  maqsad: mashg'ulotlarda zo'ravonlik tushunchasi, bolalarga nisbatan zo'ravonlikning shakllari, ta'lim muassasasi hodimlarining zo'ravonlik holatlarining oldini olish va ularga javob berish jarayonida hamkorlikda amalga oshiriladigan ishlari, ta'lim muassasalarida zo'ravonlik holatlarini aniqlash va ularga javob berish bo'yicha ma'lumotlarni kengaytirish xususidabatafsil to'xtalib o'tildi. Shuningdek mazkur jarayonda mutaxassislarda amaliy ko'nikmalarni yanada rivojlantirish maqsadida  zo'ravonlik bo'yicha ma'lumotlar berildi.

;