Yangiliklar

"Psixoaktiv moddalarga qaramlikni oldini olish uchun biz harakatlarimiz uchun javobgarmiz " mavzusida o'quv amaliy seminar-trening o'tkazish davom etmoqda.

O'quvchilarni kasb-hunarga yo'naltirish va psixologik-pedagogik respublika tashxis markazining 2023-yilga mo‘ljallangan strategik rejalarda belgilangan vazifalarini ijrosini ta'minlash maqsadida Farg'ona viloyatining 50 nafar psixologlariga "Psixoaktiv moddalarga qaramlikni oldini olish uchun biz harakatlarimiz uchun javobgarmiz " mavzusida o'quv amaliy seminar-trening o'tkazilgan edi.

Ushbu seminar-treningda o'zlashtirilgan bilim malaka va ko'nikmalarini barcha psixologlarga yetkazish maqsadida Toshloq tumani hududlar kesimida seminarlar o'tkazish rejalashtirilgan. Rejaga muofiq bugun 2-fevral kuni Toshloq tumani Ichki ishlar va Soliq sektori amaliyotchi psixologlari ishtirokida 2-sonli umumiy o'rta ta'lim maktabida seminar-trening o'tkazildi.

Seminar-treningda dasturning pasporti, maqsadi va vazifalari tushuntirib o`tildi.

;