Yangiliklar

Namangan viloyatida seminar-treninglar o`tkazilmoqda.

Joriy yilning 22-fevral kuni Namangan viloyatining barcha tumanlaridan jami 50 nafar psixologlari uchun "Bolalarga nisbatan zo'ravonlik holatlarining oldini olish va ularga qarshi kurashish bo'yicha ta'lim muassasalari hodimlarining vazifalari" mavzusi asosida  Respublika seminar-treningi oʻtkazilgan edi.

Seminar ijrosi bo’yicha joriy yilning 1-2-mart kunlari  “Zoʻravonlik holatlarini oldini olish, zo’ravonlikni aniqlash va ularga javob berish” mavzusi bo’yicha Namangan shahar 41-sonli umumta`lim maktabida  shahardagi umumtaʼlim maktablarining amaliyotchi psixologlari uchun seminar-trening oʻtkazildi.

Mashgʻulotlarda zoʻravonlik tushunchasi, bolalarga nisbatan zoʻravonlikning shakllari, taʼlim muassasasi xodimlarining zoʻravonlik holatlarini oldini olish va ularga javob berish jarayonida hamkorlikda amalga oshiradigan vazifalari, taʼlim muassasalarida zoʻravonlik holatlarini aniqlash va ularga javob berish boʻyicha tushunchalarni kengaytirish xususida batafsil toʻxtalib oʻtildi.

Shuningdek, mazkur jarayonda mutaxassislarda amaliy koʻnikmalarni yanada rivojlantirish maqsadida zoʻravonlik turlari boʻyicha rolli-oʻyinlar hamda mavzuga oid roliklardan foydalanildi.

;