Oʻquvchilarni kasb-hunarga yoʻnaltirish va psixologik-pedagogik respublika tashxis markazining 2023 yilga moʻljallangan strategik rejalasida belgilangan vazifalarning ijrosini taʼminlash maqsadida joriy yilda Andijon viloyatida umumta'lim muassasalarining 50 nafar psixologlari “Bolalarga nisbatan zoʻravonlik holatlarining oldini olish va ularga qarshi kurashish boʻyicha taʼlim muassasalari xodimlarining vazifalari” mavzusida trener sifatida o`qitilgan edi.
2023 yil 3 mart kuni mazkur mashg`ulotlar asosida Andijon viloyati Qo‘rg‘ontepa tumani 1-maktabning amaliyotchi psixologi tomonidan maktabning kichik yoshli o‘quvchilari uchun ‘‘Havfsizlik alifbosi‘‘ qo‘llanmasi asosida tavsiyalar asosida trening mashg`ulotlari o`tkazildi.
Shuningdek, mazkur jarayonda bolalarda zo`ravonlikdan himoyalanish koʻnikmalarni yanada rivojlantirish maqsadida zoʻravonlik turlari va ularning ko`rinishi boʻyicha rolli-oʻyinlar hamda mavzuga oid roliklardan foydalanildi.