Yangiliklar

Namangan viloyatida seminar treninglar o`tkazilmoqda

Oʻquvchilarni kasb-hunarga yoʻnaltirish va psixologik-pedagogik respublika tashxis markazining 2023 yilga moʻljallangan strategik rejalasida belgilangan vazifalarning ijrosini taʼminlash maqsadida joriy yilning 21 fevral kuni Namangan viloyatining barcha tumanlarining 50 nafar psixologlari uchun "Psixoaktiv moddalarga qaramlikning oldini olish uchun "Biz harakatlarimiz uchun javobgarmiz" mavzusida oʻquv amaliy mashgʻulotlarini oʻtkazishga moʻljallangan Dasturi" asosida seminar-trening oʻtkazildi.

 Seminar ijrosi bo’yicha joriy yilning 3-mart kunlari  "Psixoaktiv moddalarga qaramlikning oldini olish uchun "Biz harakatlarimiz uchun javobgarmiz" mavzusi”  bo’yicha Namangan shahar 37-maktabda umum taʼlim maktablarining amaliyotchi psixologlariga seminar-trening oʻtkazildi.                                                                                 Mashgʻulotlarda Dasturning pasporti, maqsad va vazifalari, profilaktik tadbirlarning samaradorligi va yaxlitlikni taʼminlash maqsadida maktab profilaktika dasturini amalga oshirish, darslarni oʻtkazishning faol usullari hamda maktab psixologi, sinf oʻqituvchisining vazifalari xususida batafsil toʻxtalib oʻtildi. Maktab psixologlari  foydalanishlari uchun diagnostika metodlari va korreksion usullarni oʻtkazish maqsadida amaliy tavsiyalar berildi.

;