Oʻquvchilarni kasb-hunarga yoʻnaltirish va psixologik-pedagogik respublika tashxis markazining 2023 yilga moʻljallangan strategik rejalasida belgilangan vazifalarning ijrosini taʼminlash maqsadida Namangan viloyatining barcha tumanlarining 50 nafar psixologlari uchun “Maktab o‘quvchilarida hayotiy ko‘nikmalarni rivojlantirish va hayotiy maqsadlarni belgilashda kreativ fikrlash” mavzusida o'quv amaliy seminar-trening o'tkazilgan edi.
Ushbu seminar-treningda o'zlashtirilgan bilim malaka va ko'nikmalarini barcha psixologlarga yetkazish maqsadida Namangan shahar hududlar kesimida seminarlar o'tkazish rejalashtirilgan. Rejaga muvofiq bugun 6-mart kuni Namangan shahar amaliyotchi psixologlari ishtirokida 12-sonli umumiy o'rta ta'lim maktabida seminar-trening o'tkazildi.