Namangan viloyatining barcha tumanlari umumta'lim muassasalarining 50 nafar psixologlari uchun “Maktab oʻquvchilarida hayotiy koʻnikmalarni rivojlantirish va hayotiy maqsadlarni belgilashda kreativ fikrlash” mavzusida o`tkazilgan seminar-treningda o'zlashtirilgan bilim, malaka va ko'nikmalarni barcha psixologlarga yetkazish maqsadida joriy yilning 10-mart kuni Namangan viloyati Norin tumanidagi 24 nafar amaliyotchi psixologlari ishtirokida 42-sonli umumta`lim maktabida seminar-trening o'tkazildi.
Mashgʻulotlarda zamonaviy ijtimoiy-pedagogik nazariya va amaliyotda Hayotiy koʻnikmalarni rivojlantirish bayonnoma loyihasini muhokama qilish, oʻquvchilarda hayotiy vakolatlar toʻgʻrisida tushunchalarni rivojlantirish, oʻquvchilardagi kreativ fikrlash qobiliyatiga tegishli tavsiyalarni muhokama qilish xususida batafsil toʻxtalib oʻtildi. Shuningdek, mazkur jarayonda mutaxassislarda amaliy koʻnikmalarni yanada rivojlantirish maqsadida hayotiy koʻnikmalar va kreativ tafakkur boʻyicha rolli-oʻyinlardan foydalanildi.