Yangiliklar

INKLYUZIV TA'LIMNING DOLZARB MASALALARI

2021-yil 16-sentabr kuni “Inklyuziv ta’limning dolzarb masalalari” mavzusida ZOOM platformasi orqali UNICEF halqaro tashkilotining O‘zbekiston bo‘yicha vakili Ya.Checherina rahbarligida seminar bo‘lib o‘tdi. Seminarda xalqaro nodavlat tashkiloti vakili Piter Grimes, Elionor Fransisko, milliy ekspertlar TDPU o‘qituvchisi Sh.To‘xtayorova, Chirchiq DPI kafedra mudiri F.Qodirova, O‘quvchilarni kasb-hunarga yo‘naltirish va psixologik-pedagogik respublika tashxis markazi direktori L.Gaynutdinova, direktor o‘rinbosari K.Jo‘raboyev, Inklyuziv ta’lim laboratoriyasi bo‘limi boshlig‘i U.Fayziyeva va metodist Sh.Ahmedovalar ishtirok etishdi.    Seminarda ishtirokchilar tomonidan “Inklyuziv sinf o‘qituvchilari va maxsus pedagoglarni inklyuziv ta’limga tayyorlash” o‘quv dasturlari muhokama qilindi, fikrlar bildirildi va berilgan takliflar bir ovozdan qabul qilindi.

;