Yangiliklar

“Psixolog-2021” ko‘rik-tanlovi

              2021-yil 19-noyabr kuni O‘quvchilarni kasb-hunarga yo‘naltirish va psixologik-pedagogik respublika tashxis markazi tomonidan amaliyotchi psixologlar uchun o‘tkazilayotgan “Psixolog-2021” ko‘rik-tanlovining yakuniy respublika bosqichiga start berildi. 
              Ko‘rik-tanlov respublika tashxis markazi direktori L.Gaynutdinova tomonidan ochib berildi. 
              Ko‘rik-tanlovning birinchi kunida, kunning birinchi yarmida ishtirokchilar tomonidan “Ijodiy ish” trening ishlanmasi tayyorlash jarayonidan bahslarni olib borishadi hamda ishlanmalar hakamlar hay’ati a’zolari tomonidan baholanadi. Kunning ikkinchi yarmida “Muammoli vaziyat” sharti o‘tkazilishi rejalashtirilgan!

;