Xalqimizda azaldan tozalik va orastalikka, obodonchilik ishlariga alohida eʼtibor qaratilgan.
Yurtimizda turli bayramlar, muqaddas sanalar oldidan umumxalq hayriya xasharini oʻtkazish va shu orqali hududlarni obodonlashtirish yaxshi anʼanaga aylangan.
Eʼtiborlisi, obodlikka qaratilgan harakatlar oʻzbek xalqining toʻyu-tantanalari, maraka va turli bayramlari sababli hamda bunyodkorlik ishlarida yanada yaqqol koʻzga tashlanmoqda. Faqat oʻzimizgagina xos boʻlgan hasharning qadriyat darajasiga koʻtarilgani ham bejiz emas. Zero, xalqimiz hasharni mehr-oqibat, ishonch hamda doʻstlik rishtalarini mustahkamlovchi vosita sifatida eʼzozlab keladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligining Oʻquvchilarni kasb-hunarga yoʻnaltirish va psixologik-pedagogik respublika tashxis markazida ham ana shunday anʼana, xashar markaz xodimlari tomonidan amalga oshirildi. Xodimlar tomonidan markaz hovlisi, bog‘i hamda ariqlar tozalanib, daraxtlar oqlandi.
Jamiyatimizda oʻzaro mehr-oqibat va hamjihatlik muhitini, begʻaraz yordam, mehr-muruvvat kabi ezgu fazilatlarni tobora mustahkam qaror toptirish, mahallalar, aholi turar joylarini obodonlashtirish maqsadida oʻtkazilayotgan hashar yurtimizni yanada obod va fayzli boʻlishida oʻziga xos xayrli tadbir vazifasini oʻtaydi.
Shunday ekan biz yoshlarimizga davlatimiz tomonidan olib borilayotgan odilona siyosatni, qadriyatlarimizga boʻlgan eʼtiborni qoʻllab quvvatlash, oʻz Vatani, xalqini sevishga, koʻz qorachigʻidek avaylab asrashga fidoyi boʻlib yashashga oʻrgatishligimiz kerak.