Qoraqalpog‘iston Respublikasi Xojeli tumani 4-sonli umumta’lim maktabi 1-inklyuziv sinfida psixolog tomonidan “Diqqatni rivojlantiruvchi korreksion mashg‘ulotlar” olib borildi. Mashg‘ulotda alohida ta’lim ehtiyoji bo‘lgan o‘quvchilar sog‘lom tengdoshlari qatori faol ishtiroki ta’minlandi. Mashg‘ulot davomida o‘quvchilarning diqqat, xotira, tafakkur xususiyatlari tekshirildi, juftlikda, guruhda ishlash ko‘nikmalari rivojlantirildi.