Toshkent viloyati Ohangaron tumani 52-maktab 1-“B” inklyuziv sinfida tabiiy fandan “Suv havzalari” mavzusida ochiq dars o‘tkazildi. Ochiq darsda o‘quvchilar baliq, akula, kit, timsoh kabi suv havzalarida hayot kechiradigan hayvonlar rasmi va ko‘rgazmali qurollari bilan tanishtirildi. Darsda alohida ta’lim ehtiyoji bo‘lgan o‘quvchilar suv hayvonlari bilan yaqindan tanishib, sog‘lom tengdoshlari qatori faol ishtirok etishdi. O‘qituvchi tomonidan har bir o‘quvchiga alohida e’tibor berilib, rag‘batlantiruvchi baholar qo‘yildi.