Yangiliklar

Inklyuziv ta’limda psixolog faoliyati

Namangan viloyati  Yangiqoʻrgʻon tumani  Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limiga qarashli 30-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabi 1-B inklyuziv sinfida psixolog mashg‘ulotlari olib borildi. Xotira va nutqni rivojlantirish uchun  olib borilgan korreksion  mashgʻulotlarda Mahmudjonov Husanboy sog‘lom tengdoshlari qatori faol qatnashib, yangi bilimlarga ega bo‘ldi, individual va guruhli mashg‘ulotlarga jalb etildi. Mashg‘ulot davomida psixolog Munavvar Hamdamova tomonidan “Biz bir oilamiz”,  “Bu kimni ovozi”, “Juftingni top” treninglari oʻtkazildi.

Maqsad: O‘quvchilarnini ijtimoiy muhitga moslashuvini  rivojlantirish, o‘ziga bo‘lgan ishonchini oshirish.

Mashg‘ulot yakunida alohida ta’lim ehtiyoji bo‘lgan o‘quvchilar va sog‘lom o‘quvchilar orasida do‘stona muhit, bir-biriga bo‘lgan iliq munosabat yaratildi.

;