Yangiliklar

Doʻstimga gamburger

Toshkent shahar Olmazor tumanidagi 134-maktab 2-“B” inklyuziv sinf oʻquvchilari bilan “Doʻstimga gamburger” mavzusida amaliy mashgʻulot oʻtkazildi. Mashg‘ulotdan maqsad alohida ta’lim ehtiyoji bo‘lgan o‘quvchilar va sog‘lom o‘quvchilar orasida do‘stlik, mehribonlik munosabatlarini yaratish va to‘siqlarni olib tashlashdan iborat bo‘ldi. Har bir o‘quvchi do‘sti uchun o‘z qo‘llari bilan gamburger tayyorladi. Amaliy tarzda o‘tkazilgan mashg‘ulot, o‘quvchilar uchun juda qiziqarli bo‘ldi va bir-biriga bo‘lgan do‘stona munosabatlari yanada mustahkamlandi.

;