Yangiliklar

“Cheksiz imkoniyatlar: ta’limda inklyuziv tajriba almashuv maydonchasi”

           2021-yil 2-dekabr kuni O‘quvchilarni kasb-hunarga yo‘naltirish va psixologik-pedagogik respublika tashxis markazi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalarga ta’lim-tarbiya berish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020-yil 13-oktyabrdagi PQ-4860-son qarorida belgilangan vazifalarning ijrosi hamda 3-dekabr “Xalqaro nogironlar kuni” munosabati bilan  “Cheksiz imkoniyatlar: ta’limda inklyuziv tajriba almashuv maydonchasi” mavzusida Respublika matbuotchilar uyi binosida davra suhbati o‘tкazildi.
Hozirgi kunda xalq ta’limi tizimida dolzarb masalalaridan biri 2021-2022 o‘quv yilida tajriba sinov tariqasida joriy etilgan inklyuziv ta’limdir. Bugungi kunda inklyuziv ta’lim barchaning diqqat markazida bo‘lib, aholi o‘rtasida keng muhokama qilinmoqda.
           Mazkur davra suhbatidan ko‘zlangan maqsad shuki, inklyuziv ta’limning dolzarb masalalari va muammolarini atroflicha o‘rganish hamda tegishli mutaxassislardan taklif va maslahatlar olish. Shu munosabat bilan O‘zbekiston Respublikasi XTV, UNICEFning O‘zbekistondagi vakolatxonasi, “Zamin” xаlqаro jаmoаtchilik fondi, Inklyuziv tа’lim bo‘yichа xаlqаro АLYANS, Respublika ta’lim markazi, Nizomiy nomidаgi Toshkеnt dаvlаt pеdаgogikа univеrsitеtidan mutaxassislar va inklyuziv sinfda ta’lim olayotgan o‘quvchilarning ota-onalari taklif qilingan.
Bu davra suhbati inklyuziv ta’limdagi yangiliklarni bilishga, mavjud muammolarni o‘rganish va bartaraf etishga, uni rivojlantirishga xizmat qiladi.

;