Yangiliklar

«Xotin-qizlar va voyaga yetmagan yoshlar orasida turli turdagi zo‘ravonlik ko‘rinishlarini oldini olish»

            2021-yil 6-dekabr kuni O‘quvchilarni kasb-hunarga yo‘naltirish va psixologik-pedagogik Respublika tashxis markazi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta'limi vazirligining 2021-yil 8-noyabrdagi 06-133-son bilan tasdiqlangan “2021-yil-25 noyabrdan 10-dekabrgacha Xalq ta'limi tizimidagi ta'lim muassasalarida «Zo‘ravonlikka qarshi 16 kun» kampaniyasi doirasida «Xotin-qizlar va voyaga yetmagan yoshlar orasida turli turdagi zo‘ravonlik ko‘rinishlarini  oldini olish» mavzusida Yoshlar ishlari agentligi binosida davra suhbati o‘tkazildi.
Ushbu tadbirda 50 dan ortiq xalq ta’limi tizimida faoliyat yuritayotgan maktab psixologlari bevosita hamda 500 dan ortiq mutaxassislar zoom platformasi orqali onlayn ishtirok etdilar. 
            Davra suhbatini O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirining maslahatchisi G‘.Shoumarov hamda Respublika tashxis markazi direktori L.Gaynutdinovalar ochib berdilar. Tadbirda UNICEFning O‘zbekistondagi vakolatxonasi Bolalar himoyasi bo‘limi rahbari A.Lyudek, BMTning aholishunoslik bo‘yicha jamg‘armasining O‘zbekistondagi vakolatxonasi gender va gender zo‘ravonlik bo‘yicha milliy maslahatchisi V.Ermetova, Respublika bolalar ijtimoiy moslashuv markazi direktori V.Alimova va Respublika bolalar ijtimoiy moslashuv markazi ijtimoiy ish bo‘limi rahbari D.Xusanovalar o‘z taqdimotlari bilan ishtirok etdilar.
            Mazkur davra suhbatidan ko‘zlangan maqsad shuki, oilada va ta'lim muassasalarida zo‘ravonlikning dolzarb masalalari va muammolarini atroflicha o‘rganish hamda tegishli mutaxassislarning takliflarini olish. 
            Bu davra suhbati xotin-qizlar va voyaga yetmagan yoshlar orasida turli turdagi zo‘ravonlik ko‘rinishlarini  bartaraf etishda hamda  jamiyatda ayollar va bolalarga bo‘lgan ijobiy munosabatning yanada rivojlanishiga katta qadam sifatida xizmat qiladi.

;