Yangiliklar

Yoshlar – O‘zbekistonning eng katta boyligi, bebaho xazinasi

          Bugungi kunda mamlakatimizda yoshlar bilan ishlash va ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash davlat siyosati darajasiga ko‘tarilgan. Bu borada yoshlar bandligini ta’minlash va bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish muhim masala hisoblanadi. Chunki aynan yoshlar mamlakat salohiyatini tashkil qiladi. Mehnat bozorida yoshlarga munosib ish o‘rinlarini topib berish mamlakat istiqboli uchun muhim ahamiyatga ega. Ayniqsa, mazkur jarayonlar yakuniga yetib borayotgan “Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili”da yanada salmoqli tus oldi.
          Shu maqsadda, 2021-yil 22-dekabr kuni O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida 2021-2022-o‘quv yili bitiruvchilari hamda ish beruvchi vazirliklar, idoralar, turli tashkilot, korxona va muassasalar o‘rtasida bevosita muloqotini ta’minlash maqsadida “Yoshlar – O‘zbekistonning eng katta boyligi, bebaho xazinasi” shiori ostida ish beruvchi tashkilot vakillari va talabalar uchrashuvi o‘tkazildi.
          Ta’kidlash joiz, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida talabalar hamda ish beruvchi tashkilotlar bilan “Karyera kuni” uchrashuvining o‘tkazilishi muntazamlik kasb etgan.
          Mazkur tadbirda O‘quvchilarni kasb-hunarga yo‘naltirish va psixologik-pedagogik respublika tashxis markazi faol ishtirok etib, ta’lim muassasalarida amaliyotchi psixologlar lavozimlari bo‘sh (vakant) joylar to‘g‘risida ma’lumotlar berildi va bitiruvchilarni ishga taklif qilish bo‘yicha targ‘ibot ishlari olib borildi.

;