Yangiliklar

O'quv-amaliy seminar

O‘quvchilarni kasb-hunarga yo‘naltirish va psixologik-pedagogik respublika tashxis markazi tomonidan 2022-yil 8-yanvar kuni Toshkent shahridagi umumta’lim muassasalarining psixologlari uchun “Umumta’lim maktablarida kasb-hunarga yo‘naltirish va psixologik xizmatda innovatsion yondashuv” mavzusida o‘quv-amaliy seminar o‘tkazildi. Seminarda Toshkent shahridagi tuman xalq ta’limi bo‘limlarining Bolalarni ijtimoiy-psixologik qo‘llab-quvvatlash markazlari psixolog-metodistlari, 600 nafarga yaqin maktab psixologlari ishtirok etdi. Zoom platformasi orqali viloyat studiyalari, hududiy xalq ta’limi boshqarmalari “Pedagogik-psixologik tashxis faoliyatini tashkil etish sho‘ba”larining 28 nafar xodimlari, 370 nafar “Bolalarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash markazi” metodistlari, 12000 nafardan ortiq maktablar psixologlari ishtirok etdi. 
O‘quv-amaliy seminarda O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vaziri o‘rinbosari V.Rajabov, Ta’lim va ishlab chiqarish integratsiyasi bo‘limi bosh mutaxassisi A.Mamadaliyev, O‘quvchilarni kasb-hunarga yo‘naltirish va psixologik-pedagogik respublika tashxis markazi direktori L.Gaynutdinova, Innovatsiya, texnologiya va strategiya markazi bosh mutaxassisi A.Rapiyev, Toshkent shahar muhandislik ta’limi assotsiatsiyasi raisi T.Mag‘rupov, Xalqaro darajadagi top-menedjer M.A’zamov, O‘quvchilarni kasb-hunarga yo‘naltirish va psixologik-pedagogik respublika tashxis markazi bo‘lim boshliqlari L.Axmedova, G‘.Qulnazarov, O‘quvchilarni kasb-hunarga yo‘naltirish va psixologik-pedagogik respublika tashxis markazi metodisti G.Yusupovalar o‘z ma’ruzalari bilan ishtirok etdilar. 
 

;