Yangiliklar

JICA bilan uchrashuv

        2022-yil 13-yanvar kuni O‘quvchilarni kasb-hunarga yo‘naltirish va psixologik-pedagogik Respublika tashxis markazida Yaponiyaning JICA tashkiloti vakillari bilan uchrashuv tashkil etildi.
        Uchrashuvda JICA bilan hamkorlikda O‘zbekistonda 2022-yilda inklyuziv ta’limni rivojlantirish masalalari atroflicha muhokama qilinib, Yaponiyaning Xalqaro rivojlanish markazi mutaxassislari, Tsukuba va Kokushikan universitetlari professor o’qituvchilari ishtirokida maktabgacha va umumta’lim muassasalari xodimlari uchun inklyuziv ta’lim bo’yicha malaka oshirish dasturlarini ishlab chiqish, tarbiyachi va o’qituvchilarning malakasini oshirish uchun instruktorlar tayyorlashga kelishib olindi.

;