Inklyuziv ta’lim boʻlimi metodisti S.Moʻminov 2023-yil 11-mart kuni Toshkent shahar Pedagoglarni yangi metodikalarga oʻrgatish milliy markazining 01-01/02-7-26-sonli xatiga asosan “Inklyuziv ta’limni joriy etish” mavzusida oʻtkazilgan seminarda ishtirok etdi. Seminar Pedagogika-psixologiya va taʼlim texnologiyalari kafedra mudiri D.Taylakova bilan birgalikda oʻtkazildi.
Tinglovchi sifatida ishtirok etayotgan maktab direktorlari, ularning oʻrinbosarlari hamda oʻqituvchilar tomonidan berilgan savollarga javob berildi.