2023-yil 14-mart kuni Namangan viloyati Davlatobod tumani XTBga qarashli 78-maktab 1-"A" inkluziv sinfida boshlang'ich ta`lim o'qituvchisi M.Obidjonova boshchiligida matematika fanidan "0 dan 20 gacha bo'lgan sonlarni qo'shish" mavzusida mahorat darsi tashkil etildi. Dars davomida tengdoshlaridan qolishmaslikka harakat qilayotgan o'quvchilar B.G'aniboyev va Z. Abduvositovalarning ham qiziqishi va harakatlari tahsinga sazovor. Dars jarayonida foydalanilgan metod va ko'rgazmalar o'quvchilarning bilimini yuksaltirishda yordam vazifasini bajaradi. Tumandagi barcha umumta'lim maktablaridan boshlang'ich sinf o'qituvchilari taklif etilgan ochiq darsdan, yig'ilganlar inklyuziv ta'lim haqida bilim va ko'nikmalarga ega bo'ldilar.