Namangan viloyati Davlatobod tumani Inkluziv ta'lim va kasbga yo'naltirish bo'yicha metodist G.Yusupova tomonidan umumiy o'rta ta'lim maktablarida inkluziv ta'limni tashkil etish tartibi to'g'risidagi Vazirlar Maxkamasining 638-sonli qaroriga tayanib tumandagi boshlang'ich sinf o'qituvchilariga "Inkluziv ta'limni joriy etish" mavzusida o'quv seminari tashkil etildi. Seminardan ko'zlangan maqsad alohida ta'lim ehtiyojlari bo'lgan o'quvchilarni aniqlab sog'lom bolalar bilan birgalikda teng huquqli ta'lim olishlarini ta'minlash.