Jizzax viloyati Sharof Rashidov tumani 36-maktab 1-“D” inklyuziv sinfida ingliz tili fani o‘tildi. Darsda sog‘lom tengdoshlari qatori Dilshodov Elbek ham faol qatnashishga harakat qildi. Elbekning o‘qishlarida fan o‘qituvchilaridan tashqari sinf rahbari va maxssus pedagogning xizmatlari katta. O‘quv yili davomida inklyuziv sinf o‘quvchilariga alohida e’tibor berilib, maktabga moslashishida to‘siqlar olib tashlandi, tengdoshlari orasida do‘stona muhit yaratildi.