Xabaringiz bor Buxoro viloyati Kogon shahar 3-maktabida 2-“G” boshlang‘ich tayanch korreksion sinfi tashkil etilib, samarali faoliyatini olib bormoqda. Birinchi o‘quv yilida maxsus pedagogning mashaqqatli mehnati natijasi o‘laroq o‘quvchilar xat-savodi chiqarildi. Ikkinchi o‘quv yilida esa o‘quvchilar sog‘lom tengdoshlari kabi ona tili fanidan husnixat bilan yozib, matematika fanidan esa ko‘paytirish jadvalini yodlab borishmoqda. O‘quv fanlaridan tashqari, o‘quvchilar bilan korreksion soatlar olib borilmoqda. Alohida ta’lim ehtiyoji bo‘lgan o‘quvchilardagi har bitta ijobiy o‘zgarish – inklyuziv ta’lim qatnashchilarining yutug‘i hisoblanadi.