Farg‘ona viloyati Farg‘ona shahar 23-maktab 1-“E” inklyuziv sinfida Matematika fanidan “21dan 100gacha bo‘lgan sonlar” mavzusida ochiq dars o‘tkazildi. Ochiq darsda o‘quvchilarga ikki xonali sonlar ko‘rgazmali qurollar hamda misol va masalalar yordamida tushuntirib berildi. O‘quvchilar bilimi “Aqliy hujum”, “Uch bo‘g‘inli so‘z”, “A4 format” metodlari yordamida tekshirib ko‘rildi. O‘quvchilar guruhlarga bo‘linib, 21dan 100gacha bo‘lgan sonlarni tartib bilan sanay boshlashdi. Ochiq dars juda qiziqarli o‘tdi va unda alohida ta’lim ehtiyoji bo‘lgan o‘quvchilar ham faol ishtirok etishdi. Dars davomida faol ishtirok etgan o‘quvchilar Faxriy yorliq bilan taqdirlanishdi.