Xabaringiz bor Qoraqalpog‘iston Respublikasi Nukus shahri 27-maktabda 2-“Z” korreksion sinfi tashkil etilgan bo‘lib, bu sinfga volontyor talabalar faol jalb etilgan. Mana, bu safar ham volontyor talabalar tashabbusi bilan “Baxordagi dehqon mehnati” nomi ostida logoped mashg‘uloti tashkil etildi. Mashg‘ulotdan maqsad alohida ta’lim ehtiyoji bo‘lgan korreksion sinf o‘quvchilariga “L tovushini to‘g‘ri tallaffuzi”ga erishishdan iborat. Mashg‘ulot turli xil didaktik o‘yinlar va artikulyatsion mashqlar yordamida olib borildi. O‘quvchilar nafas mashlari, ranglar, raqamlar, harakatli mashqlarga oid didaktik o‘yinlarni katta qiziqish bilan bajarishdi. Korreksion sinfdagi o‘quvchilarning har biriga talabalar biriktirilib, individual shug‘ullanildi va o‘quvchilarning faol ishtiroki ta’minlandi.