Yangiliklar

Ishga marhamat

O’quvchi yoshlarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, kasbga yo‘naltirish hamda kasbiy qiziqish va layoqatlarini oshirish maqsadida Jizzax viloyat 2-sonli Zaif eshituvchi bolalar maxsus maktab-internati hamda Jizzax shahrida joylashgan “Ishga marhamat” monomarkazi bilan hamkorlikda maktab-internati bitiruvchi sinf o’quvchilarini kasbga o’rgatish kurslari o’z faoliyatini boshladi. O’quv kursi davomida o’quvchilar o’zlari tanlagan kasb-hunar sirlarini mutaxassislar tomonidan puxta o‘rganib borish bilan bir qatorda imkoniyati cheklangan o’quvchilarni qo’llab-quvvatlash maqsadida ajratilgan maxsus stipendiya ham olishadi. Kurs so’ngida yakuniy imtihonlar topshirib tegishli sertifikatlar olishadi.

Maktab-internat ma’muriyati hamda o’quvchilari ushbu jarayonlarni tashkillashtirishda yaqindan ko’maklashgan “Ishga marhamat” monomarkazi ma’muriyatiga o’z minnatdorchiligini bildirib qoladi.

;