Yangiliklar

Ochiq eshiklar kuni

O‘quvchilarni kasb-hunarga yo‘naltirish ishlari ta’lim - tarbiya bilan uzviy kеchadigan, uning barcha qirralarini qamrab oladigan uzluksiz jarayondir. Umumiy o‘rta ta’lim maktablari va maktabdan tashqari, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari, jamoa tashkilotlari hamda ota - onalarning o‘zaro hamkorligi bu jarayonning samaradorligini oshirishga yordam bеradi. Bunday hamkorlik o‘sib kеlayotgan yosh avlodga ongli va o‘z ixtiyori, qiziqishi, xohish - istaklariga asosan mustaqil kasb tanlash, o‘z kasbiy istiqbolini bеlgilash hamda jamiyat ravnaqiga munosib hissa qo‘shish imkonini yaratadi

Joriy yilning 14-mart kuni Jizzax vilaoyati Mirzachoʻl tumani maktabgacha va maktab ta'limi bo'limiga qarashli 3-umumta'lim maktabining 11-sinf o'quvchilarini Jizzax politexnika institutiga “ochiq-eshiklar” kuni bo'yicha ekskrusiyaga olib borildi va oʻquvchilarga kerakli maʼlumotlar berildi hamda oʻquvchilar oʻzlari uchun kerakli boʻlgan savollarga javoblar olishdi.

;