Toshkent viloyati prokurorining tashabbusi bilan yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, jamiyatda sog‘lom turmush kechirish, kasb-hunarga qiziqtirish hamda huquqbuzarlik va jinoyatchiliklarning salbiy oqibatlarini tushuntirish maqsadida tuman prokuraturasida “Ochiq eshiklar kuni” tadbiri tashkil etildi.
Tadbir davomida tuman prokurori B.Yuldashev tomonidan tashrif buyurgan yosh yigit-qizlarga prokuratura tizimi faoliyati va tarixi haqida qisqacha tushuntirish berildi.
Tadbir yakunida tuman prokuraturasining barcha xodimlari yoshlar uchun o‘z yo‘nalishlari hamda faoliyatlaridan kelib chiqqan holda kichik ekskursiya tashkil etishdi.