2023-yil 11-mart kuni Namangan viloyati Namangan shahar tasarrufidagi umumiy o'rta ta'lim maktabining 50 nafar amaliyotchi psixologlari uchun Namangan shahar 37-umumiy o'rta ta'lim maktabida “Maktab oʻquvchilarida hayotiy koʻnikmalarni rivojlantirish va hayotiy maqsadlarni belgilashda kreativ fikrlash” mavzusida seminar-trening o'tkazildi.
Mashgʻulotlarda zamonaviy ijtimoiy-pedagogik nazariya va amaliyotda Hayotiy koʻnikmalarni rivojlantirish bayonnoma loyihasini muhokama qilish, oʻquvchilarda hayotiy vakolatlar toʻgʻrisida tushunchalarni rivojlantirish, oʻquvchilarda kreativ fikrlash qobiliyatiga tegishli tavsiyalarni muhokama qilish xususida batafsil toʻxtalib oʻtildi. Shuningdek, mazkur jarayonda mutaxassislarda amaliy koʻnikmalarni oshirish uchun rolli-oʻyinlardan foydalanildi.