Yangiliklar

Ochiq eshiklar kuni

Toshkent viloyati Toshkent tumani maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi mudiri M.B.O'tkirov va Toshkent tumani maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi psixologi B.R.Raximova boshchiligida tumanda joylashgan "Toshkent tumani tarix muzeyi" ga  tuman maktab bitiruvchilari bilan tashrif buyurdilar.

Muzeyga sayohat davomida  Toshkent tumani tashkil topish tarixi , tumandan etishib chiqqan olimlar ,  harbiylar , vatan himoyachilari,  xizmat ko'rsatgan ustozlar , tuman xokimlari ,  mehnatlari bilan namuna bo'lgan raislar, maktabgacha va maktab ta’limi mudirlari , mehnat fahriylari , tuman tashkil topishida va rivojlanishiga katta hissa qoshgan fidoiy shaxslar tarixi,  millat tariximiz, madaniy , diniy meroslarimiz , barcha sohalarda  erishayotgan yutuqlarimiz, o'zgarishlar haqida ma'lumot oldilar.

 Bitiruvchilarga vatanimiz rahbari tomonidan yaratilayotgan  imkoniyatlar , imtiyozlar , hayotlarini tubdan o'zgartirish , orzu -maqsadlariga ,tanlagan kasb egalari bo'lib erishish uchun yaratilgan qulayliklar bilan tanishdilar.

;