O‘quvchilarni kasb-hunarga yo'naltirish va psixologik-pedagogik respublika tashxis markazining 2023-yilga mo‘ljallangan strategik rejalarda belgilangan vazifalarini ijrosini ta'minlash maqsadida Respublika tashxis markazi tomonidan Farg'ona viloyati 50 nafar psixologlariga "Psixoaktiv moddalarga qaramlikni oldini olish uchun biz xarakatlarimiz uchun javobgarmiz" mavzusida o'quv amaliy seminar-trening o'tkazilgan edi.
Ushbu seminar-treningda o'zlashtirilgan bilim,malaka,ko'nikmalarni barcha psixologlarga yetkazish maqsadida Quva tumani hududlar kesimida seminarlar o'tkazish rejalashtirilgan.
Rejaga muofiq bugun 3-aprel kuni Quva tumani amaliyotchi psixologlari ishtirokida 12-sonli maktabda Dastur maqsadi, vazifalari proflaktik tadbirlarni samaradorligi va yaxlitligini ta'minlash maqsadi, maktab profilaktik dasturini amalga oshirish, darslarni o'tkazishni faol usullari, maktab psixologi sinf o'qituvchisining vazifalariga to'xtalib o'tildi.