Yangiliklar

Ochiq eshiklar kuni

Hozirgi kunda kasbga yo‘naltirish ishlarining asosiy maqsadi-o‘quvchilarning kasb-hunar tanlashlarini ilmiy asoslarda, pedagogik-psixologik talablarga muvofiq ravishda tashkil qilish va bu jarayonning uzluksizligini ta’minlashdir.

Shu maqsadda Jizzax viloyati Forish tumanidagi 29-sonli umumta’lim maktab psixologi va sinf rahbari tamonidan 9-sinf o‘quvchilarini tumandagi Forish kasb-hunar maktabi hamda Prezident agentligi qoshidagi Forish ixtisoslashtirilgan  maktabiga ochiq eshiklar kuni munosabati bilan sayohatga olib borildi.

 O‘quvchilarni kasb-hunar turlari va ularni o‘rganish uchun yaratilgan sharoitlar bilan tanishtirildi.Sayohat davomida o‘quvchilar o‘zlarining qiziqtirgan savollariga mutaxassislar tamonidan tushunchalar berildi.

 

;