Yangiliklar

O‘quv-amaliy seminar

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 21-dekabrdagi PF-269-son “Yangi O‘zbekiston ma’muriy islohotlarini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni hamda O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining “Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tizimidagi tashkilotlarning lokal hujjatlarini tasdiqlash to‘g‘risida” 2023 yil 7 fevraldagi 5-XDFU-son buyrug‘i asosida  Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi qoshidagi O‘quvchilarni kasb-hunarga yo‘naltirish va psixologik-pedagogik respublika tashxis markazi tarkibida yangi “Maktabgacha ta’lim tashkilotida psixologik xizmat ishlarini muvofiqlashtirish bo‘limi” tashkil etilib, ushbu bo‘limning Nizomi va tasdiqlangan ish rejasiga muvofiq bugun O‘quvchilarni kasb-hunarga yo‘naltirish va psixologik-pedagogik respublika tashxis markazi binosida Toshkent shahar 25 nafar MTT psixologlari bilan “Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida turli zo‘ravonlik ko‘rinishlari  oldini olish” mavzusida o‘quv-amaliy seminar o‘tkazildi.

Seminar yakunida turli zo‘ravonlik to‘g‘risida keng doiradagi masalalarga e’tibor qaratilib, tarbiyalanuvchilarga nisbatan sodir etilayotgan turli hil zo‘ravonlik kabi salbiy holatlarni oldini olish maqsadida amalga oshiriladigan ishlar belgilab olindi.

;