Yangiliklar

O‘quv-amaliy seminar (2-kun)

O‘quvchilarni kasb-hunarga yo‘naltirish va psixologik-pedagogik Respublika tashxis markaz Maktabgacha ta’lim tashkilotida psixologik xizmat ishlarini muvofiqlashtirish bo‘limi xodimlari tomonidan Toshkent shahar 25 nafar MTT psixologlari bilan “Maktabgacha ta’lim tizimida tarbiyalanuvchilarning psixologik salomatligini muhofaza qilish” mavzusida o‘quv-amaliy seminar-trening mashg‘uloti o‘tkazildi.

Seminar yakunida Maktabgacha yoshdagi bolalarning psixologik salomatligiga erishish uchun tarbiyachilar oldida turgan vazifalarni, ya’ni ijtimoiy va xulq-atvor komponentlari masalalariga e’tibor qaratilib, tarbiyalanuvchilarni baxtli va sog‘lom bolalar ruxida tarbiyalashning qoidalarini amalga oshirilishida olib boriladigan ishlar belgilab olindi.

Shunindek, treningda tarbiyalanuvchilarning psixologik salomatligini muhofaza qilish tadbirlarining maqsad va vazifalari, tarbiyalanuvchilarning psixologik salomatligini muhofaza qilish tadbirlarni amalga oshirish va o‘tkazishning faol usullari hamda MTT psixologining vazifalari xususida batafsil to‘xtalib o‘tildi.

Shuningdek, mazkur jarayonda mutaxassislarning amaliyotda foydalanishlari uchun diagnostika metodlari va korreksion usullarni o‘tkazish maqsadida amaliy tavsiyalar berilmoqda.

 

;