Yangiliklar

Surxondaryo viloyatida seminar-trening davom etmoqda

 

Joriy yilning 19-aprel kuni Oʻquvchilarni kasb-hunarga yoʻnaltirish va psixologik-pedagogik respublika tashxis markazining 2023 yilga moʻljallangan strategik rejalasida belgilangan vazifalarning ijrosini taʼminlash maqsadida Surxondaryo viloyatida oʻtkazilayotgan oʻquv seminar mashgʻulotlari davom ettirildi.

Viloyatning barcha  tumanlari umumta'lim muassasalarining 120 nafar psixologlari uchun “Maktab oʻquvchilarida hayotiy koʻnikmalarni  rivojlantirish  va hayotiy  maqsadlarni  belgilashda kreativ fikrlash” hamda “Maktablarda o‘z joniga qasd qilish haqida xabardorlik, o‘z joniga qasd qilishni oldini olish, aralashuv va undan keyingi chora-tadbirlar bo‘yicha ko‘rsatmalar” mavzularida seminar-trening oʻtkazildi.

Mashgʻulotlarda Zamonaviy ijtimoiy-pedagogik nazariya va amaliyotda Hayotiy koʻnikmalarni rivojlantirish  bayonnoma   loyihasini muhokama qilish, oʻquchilarda hayotiy vakolatlar toʻgʻrisida tushunchalarni rivojlantirish, kasbga yoʻnaltirishda koʻnikmalarni rivojlantirish, oʻquvchilarda kreativ fikrlash  boʻyicha tavsiyalarni muhokama qilish xususida batafsil toʻxtalib oʻtildi.

Shuningdek, mazkur jarayonda mutaxassislarda amaliy koʻnikmalarni yanada rivojlantirish maqsadida hayotiy koʻnikmalar va kreativ tafakkur boʻyicha rolli-oʻyinlardan foydalanildi.

Trener sifatida oʻqitilgan psixologlar tomonidan kelgusida mazkur jarayonlar Surxondaryo viloyati boʻylab davom ettiriladi.

;