Yangiliklar

Qoraqalpog‘iston Respublikasida psixologlar uchun onlayn o‘quv amaliy seminar

 

2023 yil 20 aprel kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasining 17 nafar Bolalarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash metodist va metodistlari hamda 977 nafar umumta’lim muassasalarining psixologlari uchun “Psixolog faoliyatidagi asosiy yo‘nalishlar va vazifalar” mavzusida ZOOM platformasi orqali onlayn o‘quv amaliy seminar tashkil etildi.

Onlayn seminarda O‘quvchilarni kasb-hunarga yo‘naltirish va psixologik-pedagogik respublika tashxis markazi metodisti G.Yusupova hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi o‘quvchilarni kasbga yo‘naltirish  va psixologik xizmat shoʻba mudiri E.Nurtayevlar ma’ruza bilan ishtirok etdi. Muloqot davomida berilgan savollarga javoblar va tavsiyalar berildi.

;