Yangiliklar

"Kasblar festivali" mavzusida davra suhbati

Kasbga yo‘naltirish ishlarining asosiy mazmuni o‘quvchilarning o‘z kelajaklari to‘g‘risidagi xohish va imkoniyatlarini anglashlari, o‘z qobiliyatlari, qiziqishlari, intelektual va shaxsiy xususiyatlarini tadqiq qilishlari va shu kabilardan iborat.

Kasb o‘rgatish va oldiga qo‘yilgan maqsadlarga erishish uchun, Toshkent viloyati Olmaliq shahridagi 2-sonli umumta'lim maktabida 11-sinf o‘quvchilari bilan "Kasblar festivali" mazusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi. Suhbat “Kasb-hunarga yo‘naltiruvchi sho‘ba rahbari tamonidan o‘tkazildi. Suhbat jarayonida o‘quvchilar Oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish va yo‘nalishlari haqida fikrlar almashildi. Maktab psixologi L.V.Eshonqulovaga o‘quvchilar o‘rtasida Kasb-hunarga yo‘naltirish maqsadida ekskursiyalar, targ‘ibot-tashviqot ishlarini olib borish vazifalari belgilandi.

;